Jahon

Janubiy Koreyada 4 nafar o‘zbekistonlik terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinmoqda

Ular Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga pul va transport vositalari yuborishda ayblanmoqda.

Janubiy Koreyada 4 nafar o‘zbekistonlik terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinmoqda

 

Janubiy Koreya politsiyasi Suriyada faoliyat yurituvchi Katiba al-Tavhid val-Jihod (KTJ) terrorchilik tashkilotini moliyalashtirish va unga moddiy yordam ko‘rsatishda gumon qilingan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan tergov olib bormoqda. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilardan biri 2025-yil aprelidan boshlab KTJga jami 6,3 million von (taxminan 4,6 ming dollar) miqdorida kriptovalyuta yuborganlikda gumon qilinmoqda.

 

Shuningdek, u guruhdan kriptovalyuta olgani va ushbu mablag‘lar hisobidan umumiy qiymati 170 million von bo‘lgan 11 ta foydalanilgan avtomobil hamda 2 ta ekskavator xarid qilib, ularni Suriyaga yuborgan bo‘lishi mumkin.

 

Politsiya qolgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini esa asosiy gumondorga yordam berish, jumladan, foydalanilgan transport vositalarini topishda ko‘maklashishda ayblanmoqda. Ular hibsga olinmagan holda so‘roq qilingan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy gumondor O‘zbekiston fuqarolaridan birining nomi ostida foydalanilgan avtomobillar eksporti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyani boshqargan.

 

BMT 2022-yilda Al-Qoida bilan aloqador KTJni terrorchilik tashkiloti sifatida belgilagan.

 

Hozirda Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"