O'zbekiston

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi kreditlarini boshqarish vakolati tuman shtablariga beriladi

Mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligi tanqid qilindi.

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi kreditlarini boshqarish vakolati tuman shtablariga beriladi

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.

 

Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini yetarlicha tushunmasligi qayd etildi.

 

Bankirlar va hokim yordamchilarining loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.

 

Shuningdek, tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditlarni qaytarish grafiklari esa biznes yo‘nalishlariga moslashtirilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib belgilash zarurligi ta’kidlandi.

 

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.

 

Endilikda tuman shtablari kimga qancha kredit berish, mablag‘ni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, qaytarish muddatini uzaytirish hamda to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirish masalalarini mustaqil hal qiladi.

 

Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham tuman shtablari vakolatiga o‘tkaziladi.

 

Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m kredit resurslari mavjud.

 

Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.

 

Bundan tashqari, lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.

custom img

Barcha mahallalarda ishiga noloyiq hokim yordamchilari yangilanadi

8 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkaziladi.

custom img

Hokimlar haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

Har bir viloyat va tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha shtablar tuziladi.

custom img

Xorazmda 81 ming nafar kambag‘al aholining holati o‘rganildi

Xorazmdagi kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlanib, ular uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

custom img

Hududlarda kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi bor

Prezident ayrim hudud rahbarlarining mavjud resurslardan samarali foydalanib, aholini ish bilan ta’minlashda yetarli natija ko‘rsata olmayotganini tanqid qildi.

custom img

Kambag‘allikni qisqartirishda mas’ul rahbarlarning faoliyati tanqid qilindi

Prezident kambag‘allikni qisqartirishda ajratilgan kreditlardan samarali foydalanish va quyi tizim ishiga aniq ko‘rsatmalar berish zarurligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholi soni 1,5 million nafargacha qisqardi

49 ta tuman va 3 429 ta mahalla kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda.

custom img

Hindiston fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi soddalashtirildi

Unga ko‘ra, ayrim davlatlarning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lgan hindistonliklar O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘lishi mumkin.

custom img

G‘oliblar 15 million so‘mgacha mukofot bilan taqdirlanadi

Toshkentda o‘tkaziladigan “Tashkent International Half Marathon – 2026” yarim marafonida g‘oliblar 1 million so‘mdan 15 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"