O'zbekiston

O‘zbekiston muftiysi “Fatvo sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

Taqdirlash marosimi Qohirada o‘tgan xalqaro konferensiya ochilishida bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston muftiysi “Fatvo sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarovga “Fatvo sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” Imom Qarafiy xalqaro mukofoti topshirildi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

 

Taqdirlash marosimi Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tgan “Global o‘zgarishlar sharoitida oila va fatvo institutlari” xalqaro konferensiyasining ochilishida o‘tkazilgan. Mazkur konferensiya Butun dunyo bo‘ylab Fatvo boshqarmalari va tashkilotlari Bosh kotibiyati tomonidan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi homiyligida tashkil etilgan.

 

Mukofotni Misr bosh muftiysi, professor Nazir Muhammad Ayyod, Misr Vaqf ishlari vaziri doktor Usama Al-Azhariy hamda Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi bosh kotibi doktor Qutb Mustafo Sano topshirgan.

 

Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan. Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistonda diniy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarovning faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videofilm namoyish etilgan.

 

Mukofot buyuk olim va faqih Imom Shihobuddin al-Qarafiy (1228–1285) nomi bilan atalgan. U fatvo berish amaliyotini takomillashtirish, islomda mo‘tadillik tamoyillarini targ‘ib qilish, jamoaviy ijtihodni rivojlantirish hamda zamonaviy masalalarga shariat asosida yechimlar ishlab chiqishga hissa qo‘shgan ulamolarga beriladi.

 

Taqdirlash marosimida O‘zbekistonda diniy ta’lim va fatvo faoliyati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, Fatvo markazining faoliyati va mo‘tadillikni targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslar haqida ham ma’lumot berilgan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"