O‘zbekistonda ehtiyojmand aholi soni 1,5 million nafargacha qisqardi
49 ta tuman va 3 429 ta mahalla kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizni tashkil etib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar bo‘lgan. Hozir ushbu ko‘rsatkich 1,5 million nafargacha qisqargan.
Yig‘ilishda ishlarni samarali tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natijalar yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlat rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyatlar berilganini ta’kidlab, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.








