O'zbekiston

Toshkentda avtomobillar oqimi 30 foizga oshdi, tirbandlik esa 6 ball darajasida saqlandi

Yangi o‘quv yilining ilk kunida transport oqimi oshdi, biroq tirbandlikning keskin kuchayishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Toshkentda avtomobillar oqimi 30 foizga oshdi, tirbandlik esa 6 ball darajasida saqlandi



2026 yil 2 sentyabr kuni, yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent shahridagi transport oqimi 24 avgustdagi odatiy ish kuniga nisbatan 30 foizga oshdi. Shunga qaramay, poytaxt bo‘yicha umumiy tirbandlik darajasi 6 ball atrofida saqlab qolindi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.



Yuklama oshgan ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligi pasaygan bo‘lsa-da, tirbandliklarning keskin kuchayishiga yo‘l qo‘yilmadi.

 

Bunga transport oqimini real vaqt rejimida monitoring qilish, svetoforlarni tezkor muvofiqlashtirish va yuzaga kelayotgan tirbandliklarga o‘z vaqtida choralar ko‘rish orqali erishilgan.



Shahar transport oqimlarini markazlashgan tarzda kuzatish va boshqarish maqsadida YHTEM Vaziyatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Markaz orqali poytaxtdagi muhim tartibga solinadigan chorrahalardagi yo‘l holati, svetoforlarning ishlashi, avtomobillar navbati hamda jamoat transporti harakati real vaqt rejimida kuzatib boriladi.



Tirbandlik yuzaga kelgan holatlarda transport oqimi tahlil qilinib, zaruratga qarab svetoforlarning yashil chiroq davomiyligi uzaytiriladi, svetofor fazalari qayta sozlanadi va qo‘shni chorrahalar o‘zaro muvofiqlashtiriladi.



Agar tirbandlikka yo‘l-transport hodisasi, nosoz avtomobil, yo‘l tasmasining yopilishi, taʼmirlash ishlari yoki boshqa omillar sabab bo‘lsa, tegishli xizmatlar jalb etilib, yo‘l harakatini tiklash choralari ko‘riladi.



Vaziyatlar markazida transport holatini doimiy nazorat qiluvchi ishchi guruh faoliyat yuritadi. Unda YHTEM, Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB, jamoat transporti dispetcherlik xizmatlari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etadi.



Yangi o‘quv yilining birinchi kunida avtomobillar oqimi 30 foizga oshgan bo‘lsa-da, tirbandlik darajasining 6 ballda saqlangani transport oqimini real vaqt rejimida boshqarish va muvofiqlashtirish choralari samaradorligini ko‘rsatdi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"