O'zbekiston

Toshkentning uch tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar texnik ishlar yakunlangach bekor qilinadi.

Toshkentning uch tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

 

Ta’mirlash va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 4-sentabr kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Sergeli tumanida “Qubaytepa” MFY Sadiy ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur cheklov 356 ta xonadon va 12 ta ulgurji iste’molchiga ta’sir qiladi.

 

Bektemir tumanida “H. Bayqaro” MFY Yu. Chirchiq ko‘chasidagi gaz taqsimlash punktini yangisiga almashtirish ishlari sabab soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu davrda 12 ta xonadon hamda 2-, 3- va 77-sonli ko‘p qavatli uylardagi 116 ta xonadon gaz ta’minotidan uziladi.

 

Yangihayot tumanida esa “Chortoq” MFY Gulzor 6-tor ko‘chasidagi aholi xonadonlarini gaz ta’minoti tizimini 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish va gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi. Shu sabab soat 11:00 dan 16:00 gacha 38 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchiga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Ta’mirlash va texnik ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"