O'zbekiston

Xorazmda 81 ming nafar kambag‘al aholining holati o‘rganildi

Xorazmdagi kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlanib, ular uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

Xorazmda 81 ming nafar kambag‘al aholining holati o‘rganildi

 

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.

 

Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming nafar kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming nafar ishsiz va 10 ming nafar daromadi past fuqaro borligi aniqlandi.

 

Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlayotgani qayd etildi.

 

Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar ehtiyojidan kelib chiqib kasbga o‘qitish hamda ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini to‘liq ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10–15 ming nafar fuqaroning daromadini oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

 

O‘rganishlar davomida kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlangan. Biroq ularning kelajakdagi bandligini ta’minlash, alohida shug‘ullanish va hozirdanoq kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emasligi qayd etildi.

 

Viloyatning har bir tumanida kamida 1–2 tadan texnikum va 4–5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

 

Shuningdek, Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band ekani qayd etildi. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, 646 nafar kollej o‘quvchisi va oliygoh talabasining dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali ularni parvarish qilayotgan oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratish mumkinligi qayd etildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"