O'zbekiston

Yangihayot tumanida 10 kun elektr bo‘lmasligi rostmi?

Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Yangihayot tumanida 10 kun elektr bo‘lmasligi rostmi?



Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanining ayrim hududlarida 10 kun davomida elektr energiyasi bo‘lmasligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari rasmiy munosabat bildirdi.



Qayd etilishicha, ayni vaqtda “O‘zgarish” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ishlar doirasida podstansiyadagi T-2 transformatori zamonaviy yangi transformatorga almashtiriladi.

 

Taʼmirlash ishlari davomida isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuklama T-1 transformatoriga o‘tkaziladi.



Shu sababli rejalashtirilgan ishlar tufayli isteʼmolchilarda 10 kun davomida elektr energiyasi bo‘lmasligi haqidagi maʼlumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.



Shu bilan birga, yuklama miqdori texnik jihatdan ruxsat etilgan chegaradan oshib ketgan taqdirda, elektr tarmog‘ining barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash maqsadida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilishi mumkin.



Modernizatsiya ishlari yakunlangach, podstansiyaning ishonchliligi va elektr taʼminoti barqarorligi yana-da oshirilishi maʼlum qilindi.

custom img

Toshkentning to‘rt tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar texnik ishlar yakunlangach bekor qilinadi.

custom img

Musulmon Yunusovning murojaati o‘rganildi

Sergeli tumanlararo TIYEK va Inson markazining masʼul rahbar hamda xodimlariga ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan keskin choralar ko‘rildi.

custom img

Glinka ko‘chasida asfalt o‘pirildi

Hodisa sabablari o‘rganilib, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekiston muftiysi “Fatvo sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

Taqdirlash marosimi Qohirada o‘tgan xalqaro konferensiya ochilishida bo‘lib o‘tgan.

custom img

Toshkentning uch tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar texnik ishlar yakunlangach bekor qilinadi.

custom img

Sentabr-dekabr oylarida 350 ming odam doimiy ish bilan ta’minlanadi

Hokimlarga yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi yuklatildi.

custom img

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ehtiyojmand aholini ijtimoiy reyestrga kiritishda daromad bilan birga nogironlik, ko‘p bolalilik, surunkali kasallik va boshqa omillarni hisobga oluvchi yangi tizim joriy etiladi.

custom img

Barcha mahallalarda ishiga noloyiq hokim yordamchilari yangilanadi

8 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"