O'zbekiston

Andijonda kredit qarzi sabab 19 mlrdlik bino xatlandi

Hozirda xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Andijonda kredit qarzi sabab 19 mlrdlik bino xatlandi


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida tijorat banklaridan olingan kreditlar o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, qarzdorlikni qoplash uchun garovga qo‘yilgan mulkka nisbatan majburiy choralar qo‘llaniladi.


 
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan sud hujjatlariga muvofiq, qarzdor masʼuliyati cheklangan jamiyat hisobidan undiruvchi ATB “Mikrokreditbank” foydasiga jami 19,4 milliard so‘m miqdoridagi kredit qarzi undirilishi belgilangan.


 
Sud hujjatiga asosan undiruvni garovdagi javobgarga tegishli bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqarish sexi bino va inshootlariga qaratish belgilangan.


 
Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorga sud hujjatida belgilangan majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun imkoniyat berilgan bo‘lsa-da, qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmagan.


 
Ijro jarayoni davomida boshlang‘ich bahosi 19 milliard so‘m bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqarish sexi xatlandi.


 
Hozirda xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"