Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi
Shuningdek, Prezident Administratsiyasida ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq, davlat boshqaruvi tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Alisher Baxadirovich Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Timur Nuryigitovich Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Timur Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.








