Namanganda kredit qarzi sabab garovdagi uy xatlandi
Maʼlum bo‘lishicha, MCHJdan undiruvchi bankdan 312 mln qarzi bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor MCHJdan undiruvchi «Biznesni rivojlantirish banki» ATB foydasiga 312 mln 636 ming 950 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan garovdagi ko‘chmas mulk belgilangan tartibda xatlandi.
Ayni vaqtda qarzdorlikni undirish yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlarining so‘zsiz ijrosini taʼminlash choralari izchil amalga oshirilmoqda.







