O'zbekiston

Navoiyda isteʼmolga yaroqsiz alkogol va tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Ijro harakatlari Navoiy shahridagi markaziy chiqindixona hududida o‘tkazilgan.

Navoiyda isteʼmolga yaroqsiz alkogol va tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi tomonidan sud hujjatlari ijrosini taʼminlash doirasida isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan alkogol va tamaki mahsulotlarini belgilangan tartibda yo‘q qilish ishlari amalga oshirildi.

 

Mazkur tadbir Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari, tegishli idoralar va xolislar ishtirokida Navoiy shahridagi markaziy chiqindixona hududida o‘tkazildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining ijro hujjatiga asosan, daliliy ashyo sifatida olingan hamda isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan 38 turdagi jami 4 610 dona alkogol mahsuloti va 14 turdagi 1 235 quti tamaki mahsuloti belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"