Qibrayda kredit qarzi sabab garovdagi uy sotildi
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning bankdan 545 mln so‘mi qarzi bo‘lgan.

MIB Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituvida FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 02.10.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan Yuldashev Abdullo Ravshan o‘g‘lidan undiruvchi InFinBank AJ foydasiga 545 5 mln so‘m undirish hamda undiruvni Toshkent viloyati, Qibray tumani, Obod MFY, T.Ochilov ko‘chasi 36-uy manzilida joylashgan turar joy obyektiga qaratish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud.
Mazkur ijro ishi ijrosi yuzasidan garov mulki xatlanib, 735 mln so‘m boshlang‘ich bahosida auksion savdolariga chiqarilgan.
Auksion savdolari natijalariga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk obyekti 808.5 mln so‘mga realizatsiya qilinib, savdodan tushgan pul mablag‘lari bank foydasiga o‘tkazib berilgan.







