Qoraqalpog‘istonda ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Unda 6 kishi doimiy ishga joylashib, yana 7 nafar fuqaroga kasbga qayta tayyorlash uchun yo‘llanmalar berilgan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan birgalikda ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 03 sentyabr kuni Qorao‘zak tumani Yoshlar markazi binosida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda Qorao‘zak tumanidagi 11 korxona, muassasa va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan jami 27 ta bo‘sh ish o‘rinlarini yig‘ilganlarga taklif etdi.
Shuning natijasida, 6 nafar shaxslar doimiy ish o‘rinlari bilan taʼminlanib, kasbga qayta tayyorlash kurslariga 7 ta fuqaroga yo‘llanmalar berilgan.
Shuningdek, mehnat munosabatlariga tegishli sohalar bo‘yicha fuqarolarga o‘zlarining qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy maslahatlar berilgan.
Bu kabi tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.







