O'zbekiston

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi

Yangi tartib 2027-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi


O‘zbekistonda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Mutaxassislarning kasbiy malakasi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan mustaqil va shaffoflik prinsiplari asosida baholanadi.


 
2030-yilgacha davlat ro‘yxatidan o‘tish ixtiyoriy bo‘lib, maxsus imtihon orqali yoki malaka toifasi berilishi jarayonida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan xodimga 5 yil muddatga tegishli maqom beriladi.


 
Avval berilgan malaka toifalari ham amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi. Ular asosida belgilangan ustamalar va lavozim bilan bog‘liq huquqlar ham o‘z kuchida qoladi.


 
2030-yildan keyin imtihondan o‘ta olmagan xodim ishidan chetlatilmaydi. Unga bir yil ichida qayta imtihon topshirish imkoniyati beriladi va shu davrda faoliyatini davom ettirishi mumkin.


 
Uch yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun ham alohida tartib belgilanadi. Ular ixtisoslashuv kurslarini tamomlab, qayta davlat ro‘yxatidan o‘tishi mumkin. Agar avvalgi ro‘yxatdan o‘tish muddati tugamagan bo‘lsa, qayta imtihon topshirish talab etilmaydi.


 
Kamida 20 yillik ish stajiga ega va ilmiy darajasi bo‘lgan shifokorlar esa imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Shu tariqa ularning uzoq yillik kasbiy tajribasi va ilmiy salohiyati hisobga olinadi.


 
Yangi tizim doirasida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash jarayoni xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilinishi belgilangan.

custom img

Andijon va Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Ikki holatda jami 470 gramm “gashish” va 482 gramm ko‘knori ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Shuningdek, Prezident Administratsiyasida ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

custom img

Erta nikohni “yashirgan” amaldorlar jarimaga tortiladimi?

Yangi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

custom img

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula emas, Siam somi boqilgani aniqlandi

Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

custom img

Sergeli va Yangihayotdagi badbo‘y hid muammosi bartaraf etildi

Salor oqova suv tozalash inshootiga 9,5 milliard so‘mlik zamonaviy filtr uskunasi o‘rnatildi.

custom img

“Davolash ishi” o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” dasturi joriy etiladi

Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Mashg‘ulotlar internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy, sport va fotojurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"