O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Zamonaviy san’at markazining ochilishida ishtirok etdi

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashgan.

Saida Mirziyoyeva Zamonaviy san’at markazining ochilishida ishtirok etdi

Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

 

 

Qayd etilishicha, ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda. 

 

 

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.

 

 

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mamlakatda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, o‘zbekistonlik iste’dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e’tirof topishiga zamin yaratadi.

 

 

“Mazkur loyiha Prezidentimizning tashabbuslari hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining katta sa’y-harakatlari natijasida ro‘yobga chiqdi”, deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.