O'zbekiston

“Ekooromgoh–2026” dasturiga start berildi

Dasturning asosiy maqsadi yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga oid bilimlarini mustahkamlash, tabiatga mas’uliyatli munosabatni keng targ‘ib qilishdan iborat.

“Ekooromgoh–2026” dasturiga start berildi



Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan yoshlarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning tabiatni muhofaza qilish borasidagi faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ekooromgoh–2026” dasturiga start berildi.



Dastur doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh ekologlar, eko-faollar va tabiatga befarq bo‘lmagan yoshlar ishtirok etmoqda.



“Ekooromgoh–2026”ning asosiy maqsadi — yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga oid bilimlarini mustahkamlash, tabiatga mas’uliyatli munosabatni keng targ‘ib qilish hamda yosh ekologlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.



Dastur davomida ishtirokchilar uchun ekologik targ‘ibot tadbirlari, amaliy mashg‘ulotlar, seminar va treninglar, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan aksiyalar hamda turli interaktiv loyihalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Shuningdek, yosh ekologlarning jamoaviy tashabbuslarini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topishiga alohida e’tibor qaratiladi.



Dastur doirasida o‘tkazilgan ilk tadbirlardan biri sifatida “Chiqindisiz tabiat” ekologik aksiyasi tashkil etilib, unda turli viloyatlardan kelgan yosh ekologlar faol ishtirok etdi.



“Ekooromgoh–2026” dasturi yoshlarni tabiatni asrash yo‘lida birlashtirish, ularning ekologik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

Rashida Norboyeva tayyorladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.