O'zbekiston

Endi Toshkentdan Parkentga 50 daqiqada yetib borasiz

Parkent–Toshkent yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Endi Toshkentdan Parkentga 50 daqiqada yetib borasiz



7 sentyabr kuni «Parkent – Toshkent – Parkent» yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi


Mazkur loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi PQ-28-son qarori asosida amalga oshirildi. Loyiha doirasida Toshkent viloyatidagi «Baytqo‘rg‘on – Parkent» yo‘nalishining 24 kilometrlik elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi barpo etildi.



Shuningdek, loyiha doirasida 3 ta temir-beton ko‘prik, avtomobil yo‘l o‘tkazgichi, 76 ta suv o‘tkazish inshooti, 16 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasi hamda 50 o‘rinli “Parkent” temir yo‘l bekati qurilgan.



Yangi elektropoyezd 586 ta o‘rindiqqa ega bo‘lib, jami 1 154 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Parkentdan Toshkentgacha bo‘lgan safar vaqti 50 daqiqani tashkil etadi.



Yo‘lkira narxi kattalar uchun 10 ming so‘m, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 6,5 ming so‘m etib belgilangan.



Yangi transport qatnovi Parkent tumani aholisi uchun Toshkent bilan transport aloqalarini yaxshilash, yo‘lovchilar uchun qulay va tezkor harakatlanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.



Shuningdek, zamonaviy temir yo‘l infratuzilmasining ishga tushirilishi Parkentning turistik salohiyatini rivojlantirish, hududga sayyohlar oqimini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qo‘shimcha imkoniyat yaratishi kutilmoqda.

custom img

“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik tufayli elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi

Elektr yo‘qligi sabab O‘zPFL ofisi masofadan ishlashga o‘tgan, Liga serverlari esa faoliyatini to‘xtatgan.

custom img

Suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi isloh qilinadi

Yangi tizimda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga gaz xaridi uchun kompensatsiya to‘lash, yetkazib berishni raqamlashtirish va taqsimotda shaffoflikni oshirish rejalashtirilgan.

custom img

Talabalar diqqatiga: bugundan yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi avtobus yo‘nalishi ertalabki tig‘iz vaqtda metro va yo‘llardagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

custom img

Toshkentning ayrim hududlarida 7–11 sentyabr kunlari issiq suv o‘chiriladi

Issiqlik taʼminoti tizimini isitish mavsumiga tayyorlash uchun profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

custom img

Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etildi

U ishlayotgan bo'linma faoliyati esa tugatildi.

custom img

Yarim yilda 11,7 mingdan ortiq shaxs qamoq jazosiga hukm qilingan

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga oshgan.

custom img

Bir farzand uchun 752 mln so‘m: otaning daromadiga qarab aliment undirildi

Ota yuqori miqdorda ish haqi olganiga qaramay, aliment to‘lash majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan.

custom img

G‘ofurjon Mirzayev Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlandi

Shu munosabat bilan u Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"