G‘ofurjon Mirzayev Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlandi
Shu munosabat bilan u Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan G‘ofurjon Mirzayev Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.








