O'zbekiston

Maktablarda har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda

Mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Maktablarda har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab har dushanba kuni “Kelajak soati” darslarini o‘tkazish amaliyoti joriy etilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar hamda ijobiy xulq-atvorni shakllantirishdan iborat.

 

Darslarga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va adabiyot sohasi vakillari, olimlar, pedagoglar, deputatlar hamda san’atkorlar jalb qilinmoqda.

 

Shuningdek, malakali ekspert va mutaxassislar ishtirokida turli mavzularda videokontentlar tayyorlanib, milliytarbiya.uz platformasiga joylashtirilmoqda. Bugungi kungacha platformaga 180 ta ssenariy asosida 410 ta videokontent joylashtirilgan.

 

Vazirlik tomonidan 2026–2027-o‘quv yili uchun ham “Kelajak soati” dasturi ishlab chiqilgan. Unda turli yosh guruhlari uchun alohida dars ishlanmalari, ssenariylar, vizual va interaktiv materiallar tayyorlangan.

 

Xususan, 3–7 yoshli maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari hamda 1–4, 5–8 va 9–11-sinf o‘quvchilari uchun alohida o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, platformaga joylashtirilgan.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlarni o‘rganish bilan birga, o‘z orzu-maqsadlari haqida fikr almashishi va qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.

 

Darslarda tarixda iz qoldirgan ajdodlarning siyosat, ilm-fan va madaniyatdagi faoliyati, shuningdek, Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi haqida ham ma’lumotlar beriladi.

 

“Kelajak soati” darslarini samarali tashkil etish maqsadida vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari, ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglar uchun o‘quv-seminarlari ham o‘tkazib kelinmoqda.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.