O'zbekiston

O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi

Xorijga ko‘chib ketganlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 129 nafarga yoki 2,3 foizga pasaygan

O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 5 422 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketgan.

 

Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 129 nafarga yoki 2,3 foizga kam.

 

Xorijga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlarga to‘g‘ri kelgan:

— Qozog‘iston — 83,0 foiz;
— Rossiya — 14,1 foiz;
— Koreya Respublikasi — 0,8 foiz;
— Qirg‘iziston — 0,6 foiz;
— boshqa davlatlar — 1,5 foiz.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib ketish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Navoiy viloyatlarida qayd etilgan.

 

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 1 899 nafar, Toshkent viloyatidan 1 431 nafar, Navoiy viloyatidan esa 1 203 nafar fuqaro xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan.

 

Shuningdek, Toshkent shahridan 492 nafar, Xorazm viloyatidan 79 nafar, Buxoro viloyatidan 59 nafar, Jizzax viloyatidan 50 nafar, Samarqand viloyatidan 48 nafar fuqaro xorijga ko‘chib ketgan.

 

Eng kam ko‘rsatkich Surxondaryo (9 nafar), Qashqadaryo (21 nafar), Andijon (27 nafar) va Farg‘ona (28 nafar) viloyatlarida qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"