Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etildi
U ishlayotgan bo'linma faoliyati esa tugatildi.

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish doirasida Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi.
Shuningdek, davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
Mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirish esa O‘zbekiston Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishiga kiritildi.








