O'zbekiston

Talabalar diqqatiga: bugundan yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi avtobus yo‘nalishi ertalabki tig‘iz vaqtda metro va yo‘llardagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Talabalar diqqatiga: bugundan yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi



2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida talabalar uchun yangi vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.



Toshkent shahar hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Transport vazirligi hamkorligida yo‘lga qo‘yilayotgan yo‘nalish bugun — 7 sentyabrdan boshlab «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) o‘rtasida qatnaydi.



Avtobuslar ertalabki tig‘iz vaqtda — 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi. Yo‘nalishga 4 ta katta sig‘imli avtobus jalb etiladi.



Avtobuslar «Mirzo Ulug‘bek» metro bekatidan chiqib, Cho‘ponota ko‘chasi, Qatortol, Taxtagul ko‘chasi, Kichik halqa aylanma yo‘li, Ko‘kcha Darvoza va Zakovat ko‘chalari orqali O‘zDJTUga yetib boradi.



Mazkur yo‘nalish talabalar uchun transport qulayligini oshirish, Chilonzor metrosidagi yo‘lovchi oqimi yuklamasini kamaytirish hamda ertalabki tig‘iz vaqtda ushbu hududlarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"