Toshkentning ayrim hududlarida 7–11 sentyabr kunlari issiq suv o‘chiriladi
Issiqlik taʼminoti tizimini isitish mavsumiga tayyorlash uchun profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

Veolia Energy Tashkent‘ning kuzgi profilaktika ishlarini olib borishi munosabati bilan Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 7–11 sentyabr kunlari “Uyg‘onish” MFY, TTZ-2 massivida joylashgan 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44 va 12-sonli uylar, shuningdek, 512- va 80-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shayxontohur tumanida 7–9 sentyabr kunlari «Samarqand darvoza» MFY, Uchlola ko‘chasidagi 1-sonli uyda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida esa 7–9 sentyabr kunlari “Movarounnahr” MFY, Nukus ko‘chasi — MKAD hududidagi 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-sonli uylarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Qayd etilishicha, profilaktika ishlari issiqlik taʼminoti tizimini kelgusi isitish mavsumiga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi.








