O'zbekiston

“Uchastkovoy”larga avtomobillarga jarima belgilash vakolati beriladi

O‘zbekistonda profilaktika inspektorlarining ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha vakolatlari kengaytiriladi.

“Uchastkovoy”larga avtomobillarga jarima belgilash vakolati beriladi

 

O‘zbekistonda profilaktika inspektorlariga ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jazo qo‘llash vakolati beriladi. Bu Prezidentning 4-sentyabr kuni imzolangan qarorida belgilandi.

 

«Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari faoliyati yagona tizim asosida tashkil etiladi.

 

Bunda fuqarolarning murojaat va xabarlariga tezkor munosabat bildirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, huquqbuzarliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etishda ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklarning sabab va omillarini bevosita joylarda barvaqt aniqlash va bartaraf etishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

 

Shuningdek, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan kundalik manzilli profilaktik ishlar olib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Qarorga ko‘ra, profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

 

Profilaktika inspektorlariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

— vakolat doirasidagi birinchi marta sodir etilgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish qo‘llash;

 

— mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq 4 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash;

 

— tuman yoki shahar ichki ishlar organi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosarlari vakolatiga kiruvchi 9 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"