O'zbekiston

Yarim yilda 11,7 mingdan ortiq shaxs qamoq jazosiga hukm qilingan

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga oshgan.

Yarim yilda 11,7 mingdan ortiq shaxs qamoq jazosiga hukm qilingan



Oliy sud maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 11 703 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 2 133 nafarga yoki 22 foizga ko‘p.



Ozodlikdan mahrum qilinganlarning 785 nafari ayollar, 10 918 nafari esa erkaklar.



Jazoga hukm qilinganlar orasida 5 788 nafari narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, 3 605 nafari korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha sudlangan. Korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha sudlanganlarning 779 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Shuningdek, 179 nafar shaxs qasddan odam o‘ldirish, 1 376 nafari og‘ir va o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish, 1 789 nafari esa bezorilik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilingan.



2026 yilning dastlabki olti oyida ikki nafar shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — 2 030 nafar. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 1 462 nafar, Toshkent viloyati — 1 452 nafar, Samarqand viloyati — 1 136 nafar va Namangan viloyati — 1 042 nafar.



Eng kam ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 317 nafar, Sirdaryo viloyatida — 313 nafar va Jizzax viloyatida — 331 nafarni tashkil etgan.



Maʼlumot uchun, 2025 yil davomida O‘zbekistonda qariyb 18,8 ming nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"