Amudaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota bozordan topildi
Erkak aliment pullarini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 12 mln so‘mni tashkil etgan.

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.J. undiruvchi A.M.ning foydasiga uning qaramog‘idagi ikki nafar farzandi taʼminoti uchun har oyda aliment pullarini to‘lashi belgilangan.
Shunga qaramasdan, qarzdor aliment pullarini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 12 mln so‘mni tashkil etgan.
Qarzdorning yashash manzilida aniqlanmaganligi sababli, ushbu qarzdorlikni undirish imkoni bo‘lmagan va unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar natijasida qarzdor Amudaryo tumani bozorlaridan biridan topilib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudiga yuborilgan.
Shuning natijasida qarzdor joriy yilning 2 sentyabr kuni aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan 12 mln so‘m qarzdorlikni sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘lab bergan.







