Jahon

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi



Fransiyaning janubidagi Kan-syur-Mer shahrida joylashgan Pyer-Ogyust Renuar muzeyiga o‘g‘rilar bostirib kirib, rassomning to‘rtta asarini olib ketgan.



Tergovga yaqin manbaning BFMTV telekanaliga maʼlum qilishicha, jinoyatchilar muzeyga kirib, sanʼat asarlarini uch daqiqadan kamroq vaqt ichida olib chiqib ketgan.



O‘g‘rilar devorlardan «Madam Kolonna Romano portreti», «Quduqdagi yosh ayol», «Madam Stefan Pishon portreti» va «Koko o‘qishi» nomli kartinalarni yechib olgan. Keyinchalik so‘nggi ikki asar muzey bog‘idan topilgan. Qolgan ikki kartinaning qayerdaligi hozircha nomaʼlum.



Kan-syur-Mer meri Brian Massonning aytishicha, o‘g‘rilar qo‘lqop va niqob kiygan. Ularning muzey hududini yaxshi bilgani va kartinalarni devordan olib tashlash uchun metall arradan foydalangani qayd etilgan.



Mazkur holat yuzasidan Marsel prokuraturasi tomonidan «uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik» hamda jinoyat sodir etish maqsadida jinoiy tashkilotda ishtirok etish moddalari bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari ikki gumonlanuvchini qidirmoqda.



O‘g‘irlangan sanʼat asarlarining umumiy qiymati taxminan 9 million yevroga baholanmoqda.



Maʼlumot uchun, avgust oyida Italiyaning Messina shahridagi hududiy muzeydan Uyg‘onish davri rassomi Antonello da Messinaga tegishli to‘rtta asar ham o‘g‘irlangan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.