O'zbekiston

Germaniyadan O‘zbekistonga pochta orqali 4 kg narkotik modda yuborildi

Chernogoriya fuqarosi pochta jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtda ushlangan.

Germaniyadan O‘zbekistonga pochta orqali 4 kg narkotik modda yuborildi



«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlarining hamkorlikdagi tadbiri davomida giyohvandlik vositalari kontrabandasining oldi olindi.



Tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan Chernogoriya fuqarosi Germaniyadan yuborilgan pochta jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtda xolislar ishtirokida to‘xtatilgan.



Jo‘natma belgilangan tartibda tekshirilganda, sport anjomlari orasiga yashirilgan 3 kilogramm “Klefedron” va 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan. Mazkur moddalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.



Tezkor tadbirlar davom ettirilib, xorijiy fuqaroning vaqtincha yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan. Natijada u yerdan umumiy og‘irligi 30 gramm bo‘lgan “Alfa-PVP” narkotik moddasidan tayyorlangan 11 dona “zakladka”, shuningdek, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar aniqlangan.



Mazkur holat yuzasidan xorijiy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"