O'zbekiston

Jizzaxda 2 yil qidiruvda bo‘lgan mashina MIB orqali topildi

Ayni paytda u xatlovga olinib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Jizzaxda 2 yil qidiruvda bo‘lgan mashina MIB orqali topildi

Majburiy ijro byurosining Paxtakor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari doirasida qarzdorlikni undirish va ijro hujjati talablarini taʼminlash bo‘yicha qidiruv tadbirlari davom ettirildi.

 

Mazkur ijro ishi bo‘yicha qarzdorga tegishli avtomashina 2 yildan ortiq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan.

 

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida uzoq vaqtdan beri qidirilayotgan avtomashinaning turgan joyi aniqlanib, u belgilangan tartibda topildi va xatlovga olindi.

 

Shundan so‘ng avtomashina saqlovga olish hamda keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydoniga joylashtirildi.

 

Mazkur holat ijro hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va qarzdorlikni uzoq vaqt davomida bartaraf etmaslik ijro organlari tomonidan eʼtiborsiz qoldirilmasligini ko‘rsatadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"