Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi
MIB hamda YHXB hamkorligida qarzdorlik va qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositalarini aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

MIBning Jizzax viloyati boshqarmasi qidiruv xodimlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qarzdorlik va qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositalarini aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud fuqarolarga tegishli bo‘lgan, shuningdek, turli sabablarga ko‘ra qidiruvga berilgan avtomashinalarni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qidiruv xodimlari va YHXB xodimlarining o‘zaro hamkorligi natijasida transport vositalarini aniqlash, ularning harakatlanish yo‘nalishlarini nazorat qilish hamda ijro hujjatlari talablarini taʼminlash bo‘yicha amaliy ishlar kuchaytirilmoqda.
Qarzdorlikni yashirish yoki majburiyatdan bo‘yin tovlash ijro jarayonini to‘xtatmaydi. Qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlikni undirish va ijro hujjatlarini taʼminlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Fuqarolarga mavjud qarzdorliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish, avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv yoki boshqa cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligini oldindan tekshirib olish tavsiya etiladi.







