Jizzaxda soliq qarzi sabab ONIX xatlandi
Shundan so‘ng avtomashina ijro hujjati talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida jarima maydoniga joylashtirildi.

Majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limi ish yurituvida soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Ijro ishi doirasida qarzdorning moliyaviy holati va unga tegishli mol-mulklari o‘rganilib, soliq qarzdorligini qoplashni taʼminlash maqsadida unga tegishli “Onix” rusumli avtomashina belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Shundan so‘ng avtomashina ijro hujjati talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida jarima maydoniga joylashtirildi.
Mazkur holat soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi. Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorning mol-mulkiga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.







