Namanganda 1 mlrd dollarlik dorilar yo‘q qilindi
Maʼlum bo‘lishicha, ular musodara qilingan tovarlar bo‘lib, keyinchalik qonunga xilof ravishda muomalaga qaytarilishining oldi olingan.

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan ijro hujjatlari doirasida musodara qilingan hamda belgilangan tartibda muomalaga kiritilishi taqiqlangan tovar-moddiy boyliklar yo‘q qilindi.
Xususan, yo‘q qilish jarayonida umumiy qiymati 1 milliard 60 million so‘m bo‘lgan dori vositalari, 7,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 22 turdagi telefon apparatlari belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Mazkur dori vositalari, tamaki va telefon uskunalari tegishli hujjatlar asosida xatlangan va musodara qilingan bo‘lib, ularning keyinchalik qonunga xilof ravishda muomalaga qaytarilishining oldini olish maqsadida belgilangan tartibda yo‘q qilish choralari ko‘rildi.
Yo‘q qilish jarayoni masʼul xodimlar ishtirokida, amaldagi tartib-taomillarga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirildi.







