O'zbekiston

Qashqadaryoda aliment qarzi uchun Damas xatlandi

Erkak majburiyatini bajarmasligi oqibatida uning qarzi 60 mln so‘mga yetgan.

Qashqadaryoda aliment qarzi uchun Damas xatlandi

 

MIBning Kitob tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, 2 nafar farzandi taʼminoti uchun aliment to‘lashi lozim bo‘lgan fuqaroning qarzdorligi 60 mln so‘mga yetgan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Damas” rusumli avtomashina aniqlanib, belgilangan tartibda xatlandi.

 

Qarzdorga aliment qarzdorligini bartaraf etish zarurligi tushuntirilib, aks holda xatlangan avtomashina qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

 

Aliment — oddiy qarz emas, farzandning qonuniy haqi va taʼminotidir. Majburiy ijro byurosi tomonidan voyaga yetmagan farzandlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"