Samarqandda MIB BSKlar foydasiga 7,5 mlrd so‘m undirdi
Shu tariqa 476 ta ijro hujjati amalda tamomlangan.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlamoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq jami 7,5 mlrd so‘mlik 7 476 ta ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, ijro harakatlari davomida 3,9 mlrd so‘mlik qarzdorlik amalda undirildi.
Shuningdek, jami 641,4 mln so‘mlik 610 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorliklarni undirish fuqarolarning ish haqlariga qaratildi. Qarzdorlarning nomida bo‘lgan 89,2 mln so‘mlik mol-mulklar xatlanib, ularni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Misol uchun, ijro harakatlari davomida qarzdor R.F.dan undiruvchi “Nur Sharq Tess” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 262,2 mln so‘mlik qarzdorlik to‘liq undirildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.







