O'zbekiston

Shvetsiya va Polshadan 27 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

Migratsiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolari charter reys orqali vatanga qaytarilgan.

Shvetsiya va Polshadan 27 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

 

9-sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga Shvetsiya va Polsha migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan charter reysi qo‘ndi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarning O‘zbekistonga qaytarilishi O‘zbekiston, Shvetsiya va Polshaning vakolatli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan.

 

Toshkentga yetib kelgan vatandoshlarni Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib olgan.

 

Fuqarolar ularning vatanga qaytishiga ko‘maklashganliklari va ko‘rsatilgan yordam uchun mamlakat rahbariyati hamda vakolatli organlarga minnatdorlik bildirgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlar va mezbon davlatlar qonunchiligiga rioya qilgan holda o‘z fuqarolarining xorijdagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan siyosatining bir qismidir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"