Toshkentda issiq suv o'chiriladi: sanalar ma'lum qilindi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalar bosqichma-bosqich ta’mirlanadi.

Toshkent shahrida 2026-yil sentabr va oktabr oylarida issiq suv ta’minotida rejali 5 kunlik uzilishlar bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, 2026–2027-yillardagi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda sovuq kunlarda aholini uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash maqsadida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan «Toshkent issiqlik markazi» MChJga qarashli 1, 3, 4, 5, 6, 7 va 8-IMlar, «Toshkent IES» AJga tegishli ToshIEM, shuningdek, «Veolia Energy Tashkent» MChJga qarashli 2-IM, «Sanoatenergo» va «Vodnik» qozonxonalarida bosqichma-bosqich 5 kunlik rejali o‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Issiq suv vaqtincha o‘chiriladigan hududlar, manzillar va sanalar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
Manzillar va o‘chirish sanalari
Shuningdek, ayrim lokal qozonxonalarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli ham issiq suv ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Mazkur qozonxonalar bo‘yicha manzillar va o‘chirish sanalari quyidagi havolada keltirilgan.
Manzillar va o'chirish sanalari
Qayd etilishicha, rejali ta’mirlash ishlari kuz-qish mavsumida aholini barqaror va uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.








