Jahon

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi fonida Brent markali neft narxi ketma-ket to‘rtinchi savdoda ham oshib, bir barrel uchun 100 dollarga yaqinlashdi.

 

"Interfaks" xabariga ko‘ra, 9-sentyabr kuni Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining noyabr fyucherslari soat 08:20 holatiga 99,02 dollarni tashkil qilgan. Bu avvalgi savdo sessiyasi yakuniga nisbatan 1,1 dollar yoki 1,12 foizga ko‘p.

 

Bundan bir kun avval, 8-sentyabrda Brent fyucherslari 0,92 dollarga yoki 0,9 foizga qimmatlab, 97,92 dollar darajasida yopilgan.

 

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Iordaniyadagi Muvaffaq Salti aviabazasida joylashgan AQSh harbiylariga, shuningdek, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki esminetsiga raketa zarbalari berilganini ma’lum qilgan.

 

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi Fors va Ummon qo‘ltig‘ida beshta Eron neft tankerini yo‘q qilganini bildirgan. AQSh tomoni buni o‘z harbiy-dengiz kuchlari kemasiga uyushtirilgan hujumga javob chorasi sifatida izohlagan.

 

Shuningdek, 8-sentyabr kuni Yamandagi husiylar Saudiya Arabistonining janubidagi qator neft qazib olish obyektlariga hujum qilgan. Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar oqibatida neft obyektlarida yong‘inlar yuzaga kelgan va ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Shu bilan birga, Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) oktyabr oyida yetkazib beriladigan WTI nefti narxi 0,97 dollarga yoki 1,04 foizga oshib, 94 dollarga yetgan. Avvalgi savdoda WTI 1,55 dollarga yoki 1,7 foizga qimmatlagan va 93,03 dollarni tashkil qilgan.

 

Brent nefti narxi avgust boshidan buyon qariyb chorak qismga oshgan. 

 

Tahlilchilarga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarning tez orada qayta tiklanishiga umidlarning susayishi hamda mintaqadagi harbiy harakatlarning davom etishi bozorda geosiyosiy xatarlar uchun qo‘shimcha narx ustamasini shakllantirmoqda.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.