O'zbekiston

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

 

Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun muhokama qilindi.

 

Majlisda so‘nggi yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash hamda xalqaro nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

 

Qonun bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat alifbo belgilanadi.

 

Shuningdek, yangi alifboga o‘tish davrida fuqarolar va tashkilotlarning huquq hamda manfaatlarini hisobga olish maqsadida ayrim hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan shakllari Qonun kuchga kirgunga qadar muomalada bo‘lishiga imkon beriladi.

 

Davlat idoralari va tashkilotlarining ayrim ramziy belgilari, shuningdek, turli belgilar ham ulardan foydalanishga yaroqsiz holga kelgunga yoki belgilangan amal qilish muddati tugagunga qadar ishlatilishi mumkin.

 

Senatorlarning ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarini takomillashtirish, davlat tilidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘zbek tilini raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Muhokamalar yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"