O'zbekiston

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar


Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi xorijiy valyutaning O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.



Xususan, Toshkent tumanidagi “Navoiy” chegara-bojxona postida 2005 va 2009 yillarda tug‘ilgan ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.



Tekshiruv davomida fuqarolardan biri oyoqlarining boldir qismiga skotch yordamida 160 ming AQSH dollari, ikkinchisi esa 80 ming AQSH dollarini yashirin tarzda bog‘lab, ularni qo‘shni davlat hududiga olib chiqib ketishga uringani aniqlangan.



Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga urinish bilan bog‘liq holat ham fosh etilgan.



Aniqlanishicha, Qibray tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs Turkiyadan olib kelingan 8 400 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki valyutani foyda olish maqsadida muomalaga kiritishga uringan.



U Yunusobod tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan sherigi bilan oldindan til biriktirib, qalbaki pullarni shartli xaridorga 3 800 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda har ikki holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"