Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi
Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 9-sentabr kuni soat 22:30 larda Qatortol ko‘chasida yuz bergan.
1993-yilda tug‘ilgan haydovchi “Cobalt” avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan elektrovelosipedini yetaklab o‘tayotgan 2005-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda jarohatlangan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








