Jahon

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ



AQSH maʼmuriyatining yuqori lavozimli vakillari Eron bilan davom etayotgan mojaro Donald Trampning prezidentlik muddati yakunlanguniga qadar hal etilmasligi mumkinligini bildirgan. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.



Nashr manbalariga ko‘ra, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va boshqa yuqori martabali amaldorlar Oq uydagi uchrashuvlar davomida Trampga Eron harbiy harakatlar va blokadaga qaramay, Vashington bosimiga qarshilik ko‘rsatishda davom etishi mumkinligini aytgan.



Bunday ssenariyda mojaro 2029-yil yanvar oyida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin. WSJ taʼkidlashicha, Vens va Rubio Respublikachilar partiyasidan kelgusi prezidentlik saylovlarida ehtimoliy nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda.



Nashrga ko‘ra, mojaroning uzoq davom etishi AQSH harbiy resurslariga tushadigan yukni oshirishi, shuningdek, 2028-yilgi prezidentlik saylovlari davrida global energiya bozorlarida uzoq muddatli uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin.



Shu bilan birga, Tramp maslahatchilariga mojaroni imkon qadar tezroq yakunlashdan manfaatdor ekanini muntazam ravishda bildirmoqda. WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, mojaro allaqachon yettinchi oyga kirgan va 18 nafar amerikalik harbiy xizmatchining o‘limiga sabab bo‘lgan.



Biroq AQSH prezidenti Eronni uzoq muddat iqtisodiy bosim ostida ushlab turish strategiyasini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yondashuv dengiz blokadasi va sanksiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.