O'zbekiston

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi


Sud hujjatiga ko‘ra, sobiq sudya tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul olgan.



Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 39 yoshli E.S. Sirdaryo viloyati sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi, 40 yoshli D.T. esa “Agrobank”ning Guliston filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ular avvaldan tanish bo‘lgan.



Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining MCHJlardan biriga tegishli avtostansiya binosini buzish haqidagi hal qiluv qaroridan norozi bo‘lgan jamiyat rahbari viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati kiritgan.



Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, D.T. ushbu MCHJ rahbari bilan tanish bo‘lganidan foydalanib, unga sud ishini ijobiy hal qilishni taklif qilgan. Buning evaziga 8 ming dollar talab qilingan.



Shundan so‘ng E.S. sud muhokamasini qonunga xilof ravishda besh marotaba qoldirgan. 2026 yil 6 aprel kuni D.T. MCHJ rahbaridan 2 ming dollar olgan.



2026-yil 9-aprel kuni esa sudya pul mablag‘lari to‘liq berilmaganini sabab qilib, yetarli asoslarsiz sud muhokamasiga tanaffus eʼlon qilgan.



Oradan to‘rt kun o‘tib, 13-aprel kuni D.T. MCHJ rahbaridan yana 5,5 ming dollar olgan. Shundan so‘ng E.S. birinchi instansiya sudining noqonuniy qurilishni buzdirish haqidagi qarorini bekor qilib, ishni MCHJ rahbari foydasiga hal qilgan.



Olingan 7,5 ming dollar o‘zaro taqsimlangan. Tezkor tadbir davomida mablag‘larning 3,6 ming dollari E.S.dan, 3,9 ming dollari esa D.T.dan ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.



Sud majlisida E.S. aybiga qisman iqror bo‘lgan. U olgan pullarini pora sifatida emas, moddiy rag‘bat va minnatdorlik sifatida qabul qilganini bildirgan.



Sobiq sudyaning taʼkidlashicha, D.T. unga MCHJ rahbarining tanishi ekanini va birinchi instansiya sudining qarori noqonuniy chiqarilganini aytgan. E.S. kassatsiya shikoyatini ish yurituviga qabul qilganini, biroq keyinchalik birinchi instansiya qarorini bekor qilishga kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar asos bo‘lmaganini ham tan olgan.



Uning so‘zlariga ko‘ra, 13-aprel kuni D.T. sud binosi yaqinida uchrashib, jamiyat rahbari minnatdorchilik bildirganini aytgan va pul bergan. E.S. ushbu mablag‘ni pora emas, “minnatdorchilik tariqasida” olganini bildirgan.



Sobiq sudya o‘z harakatlarida tamagirlik alomatlari yo‘qligini taʼkidlab, ishni firibgarlik moddasi bilan qayta malakalashni va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.



D.T. ham aybiga qisman iqror bo‘lib, pul berish taklifi MCHJ rahbarining o‘zidan chiqqanini bildirgan.



Jizzax viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati hukmiga ko‘ra, E.S. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi, D.T. esa 28 va 210-moddalari 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan.



E.S.ga 3 yil muddatga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



D.T. esa 3 yil muddatga bank tizimi hamda davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"