O'zbekiston

Piskom daryosida 15 kun avval cho‘kib ketgan erkakning jasadi topildi

SUP-doskada sayr qilayotgan fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, qoyali qirg‘oqqa urilgan va suvga tushib ketgan

Piskom daryosida 15 kun avval cho‘kib ketgan erkakning jasadi topildi

 

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosida 26-avgust kuni cho‘kib ketgan 30 yoshli fuqaroning jasadi 15 kundan so‘ng topildi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni bir guruh fuqarolar Piskom daryosiga SUP-doskada sayr qilish uchun borgan. Sayr vaqtida Qibray tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, qoyali qirg‘oqqa urilgan va suvga tushib ketgan.

 

Fuqaro qutqaruv nimchasisiz bo‘lgani sababli kuchli suv oqimi uni suv ostiga olib ketgan. Shundan so‘ng FVV g‘avvoslari tomonidan qidiruv ishlari boshlangan.

 

15 kun davom etgan qidiruv ishlari natijasida 10-sentyabr kuni soat 09:50 da fuqaroning jasadi topilgan.

custom img

O‘zbekistonda valyuta kursini shakllantirish tartibi o‘zgartiriladi

15-sentabrdan rasmiy almashuv kursini hisoblashda valyuta birjasidan tashqari banklararo bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

custom img

Elektrotexnika sanoatiga 2030-yilgacha 3 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

Chorvoqda cho‘kib ketgan uchinchi fuqaroning ham jasadi topildi

Shu bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

custom img

Toshkentda sovuq suv ham o'chiriladi: sanalar ma'lum qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi

Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning ichki organlaridan jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

custom img

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.

custom img

Naqd pulda 176 mln so‘mgacha to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

Yangi tartib bilan tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilishning amaldagi 25 mln so‘mlik chegarasi sezilarli darajada kengaytiriladi.

custom img

Chorvoqdagi fojia: cho‘kkan uch kishidan ikkinchisining jasadi ham topildi

Hozirda otaning jasadini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"