O'zbekiston

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

 

Prezidenti farmoni bilan Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

 

Qayd etilishicha, boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi. U Kengash majlislari kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi hamda rais qatnashmagan yig‘ilishlarda ularga raislik qiladi.

 

Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uning ishini muvofiqlashtirish boshqaruvchining asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi. Jumladan, dastlabki hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish uning vakolatlariga kiradi.

 

Shuningdek, boshqaruvchi Moliya markazi nomidan O‘zbekiston va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markaz manfaatlarini ifodalaydi.

 

U kadrlar masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ham ishtirok etadi. Xususan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, shuningdek, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish vakolatiga ega.

 

Boshqaruvchiga bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish hamda zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish huquqi ham berilgan.

custom img

Toshkentda sovuq suv ham o'chiriladi: sanalar ma'lum qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi

Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning ichki organlaridan jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

custom img

Naqd pulda 176 mln so‘mgacha to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

Yangi tartib bilan tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilishning amaldagi 25 mln so‘mlik chegarasi sezilarli darajada kengaytiriladi.

custom img

Chorvoqdagi fojia: cho‘kkan uch kishidan ikkinchisining jasadi ham topildi

Hozirda otaning jasadini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"