O'zbekiston

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi


2026-yil 1-sentabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira haqini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashi shart.



Shu munosabat bilan «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lash tartibiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida kuchaytirilgan nazorat reydlari o‘tkazilmoqda.



Maʼlumotlarga ko‘ra, avgust oyida yo‘lkira haqini to‘lamasdan harakatlangan 10 843 nafar yo‘lovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu kuniga o‘rtacha 350 ta holatni tashkil etgan.



Sentyabr oyining dastlabki sakkiz kunida esa 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan. Mazkur davrda kuniga o‘rtacha 587 ta holat qayd etilgan.



Shunday qilib, sentyabr oyining dastlabki sakkiz kunida kuniga o‘rtacha rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar soni avgust oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 237 taga yoki qariyb 68 foizga oshgan.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"