O'zbekiston

Erta nikohga yangi cheklov: endi qonun faqat ikki sababni tan oladi

Tegishli qonun loyihasi Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.

Erta nikohga yangi cheklov: endi qonun faqat ikki sababni tan oladi

 

O‘zbekistonda nikoh yoshiga oid tartiblarni yanada takomillashtirish va erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

 

Bu haqda 11-sentabr kuni Oliy Majlis Senatining majlisida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Prezident Administratsiyasiga kiritilgan. Unga ko‘ra, nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishga faqat ikki holatda — homiladorlik va bola tug‘ilganida ruxsat berilishi belgilanmoqda.

 

Amaldagi tartibda esa nikoh yoshini kamaytirish uchun homiladorlik, bola tug‘ilishi hamda voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomala layoqatiga ega deb e’lon qilinishi (emansipatsiya) kabi holatlar asos bo‘lishi mumkin.

 

Yangi tartib joriy etilgach, emansipatsiya holati nikoh yoshini kamaytirish uchun asos sifatida Oila kodeksidan chiqarib tashlanishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning nikoh uchun onlayn ariza berishida avtomatik cheklov o‘rnatilishi, faqat tuman yoki shahar hokimining tegishli qarori kiritilgandan keyingina ariza topshirish imkoniyati yaratilishi aytildi.

 

Qonun loyihasida erta nikohga sabab bo‘luvchi va uni targ‘ib qiluvchi shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish ham nazarda tutilmoqda. Jumladan, erta nikohni birinchi marta targ‘ib qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima qo‘llash taklif etilmoqda.

 

Majlisda joriy yil davomida xotin-qizlar faollari xabarlari asosida respublika bo‘yicha 348 ta erta nikohning oldi olingani ham ma’lum qilindi.

 

Mazkur o‘zgartirishlar erta nikohlarning oldini olish, nikoh munosabatlarini qonunchilik asosida tartibga solish hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

custom img

Prezident Olmazordagi “RomPharm NS” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada import o‘rnini bosuvchi, asosan nevrologiya, kardiologiya va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Maydoni 3,9 gektar bo‘lgan muzey 3,5 ming nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qila oladi.

custom img

Tundagi shovqin qimmatga tushadi: 8,8 mln so'mgacha jarima to'laysiz

Shovqin darajasi me’yoridan yuqori bo‘lgan avtomobilni boshqarganlik uchun ham javobgarlik kuchaytiriladi.

custom img

Yunus Rajabiy uy-muzeyi vaqtincha yopiladi

Muzeyda ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya ishlari olib boriladi.

custom img

Yo‘lovchilar to‘la avtobus ag‘darildi: Jizzaxdagi hodisa tafsilotlari

Hodisa oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, halok bo‘lganlar yo‘q.

custom img

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"