O'zbekiston

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi



Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarni tegishli litsenziyasiz “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.



Jumladan, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari ikki nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, buning evaziga 2 200 AQSH dollari talab qilgani aniqlangan.



Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firma rahbari so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Shuningdek, Namangan viloyatining Chortoq tumanida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi xodimi ham ikki nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborishni vaʼda qilib, 2 200 AQSH dollari talab qilgani maʼlum bo‘lgan. U oldindan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan.



Mazkur holatlar yuzasidan tegishli shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.