O'zbekiston

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

 

Birinchi holatda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar hamda Bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida Tuproqqal’a tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tadbir davomida “Surxondaryo – Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirilganda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Angor tumanida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun ikki marotaba sudlangan shaxsga tegishli sellofan paketdan 490 gramm “opiy” moddasi aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur giyohvandlik vositasi qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, Xorazm viloyatida sotilishi rejalashtirilgan.

 

Ikkinchi holatda “Toshkent – Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Oniks” rusumli avtomobil yo‘lovchisi — Urganch shahrida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan 119 gramm “gashish” moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Uchinchi holat DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.

 

“Sirdaryo – Jizzax” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi — Jizzax shahrida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs tekshirilgan.

 

Tekshiruv vaqtida uning oyoq kiyimi ichiga 16 gramm “opiy” moddasi yashirilgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.