Jahon

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

 

Bishkek shahar sudi “75 maktub” ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgartirdi. Jumladan, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga qo‘yilgan “hokimiyatni kuch bilan egallash” ayblovi olib tashlanib, uning o‘rniga “saylov huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish” moddasi qo‘llandi.

 

10-sentabr kuni Bishkek shahar sudida ish bo‘yicha hukm e’lon qilindi. Sud barcha sudlanuvchilarni 4 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilgan, biroq ularga 2 yil muddatga probatsiya nazoratini belgilagan. Shu sababli ular qamoqqa olinmaydi.

 

Sud, shuningdek, yangi qo‘llangan modda bo‘yicha mol-mulkni musodara qilish jazosi nazarda tutilmaganini qayd etgan.

 

Avvalroq, 2-iyul kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi “75 maktub” ishi bo‘yicha hukm chiqargan edi. O‘shanda Qamchibek Tashiyev, parlamentning sobiq raisi Nurlanbek Turg‘unbek va sobiq deputat Kurmankul Zulushev “hokimiyatni kuch bilan egallab olish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va ularga 3 yillik probatsiya nazorati belgilangan.

 

Ish bo‘yicha boshqa sudlanuvchilar ham 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq ularga nisbatan shartli jazo qo‘llangan.

 

7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokurorlar barcha sudlanuvchilarga 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan edi.

 

Mazkur ish 9-fevral kuni 75 nafar sobiq bosh vazir, parlament sobiq a’zolari, siyosatchilar va jamoat arboblari tomonidan prezident Sadir Japarov hamda o‘sha paytdagi parlament spikeri Nurlanbek Turg‘unbekka muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish taklifi bilan murojaat qilingani ortidan yuzaga kelgan.

 

Keyinchalik murojaatga qo‘shilgan ayrim shaxslar uning mazmunini o‘qimasdan imzo qo‘yganini bildirgan.

 

10-fevral kuni Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevni Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimlaridan ozod qilgan edi.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.